Bashar Asad Suriya bo‘yicha tinchlik bitimi Parijda emas, Pragada imzolanishi mumkinligini ma’lum qildi. Suriya prezidenti bunga Fransiyaning terrorizmni qo‘llab-quvvatlashini sabab qilib ko‘rsatdi, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.
Avvalroq tinchlik bitimini Pragada imzolash mumkinligi haqida Chexiya prezidenti Milosh Zeman ma’lum qilgan edi. Buning ehtimoli mavjud ekanligini Asad tasdiqladi.
“Tinchlik bitimi Pragada imzolanishi mumkin. Suriyaliklar tinchlik konferensiyasini Fransiyada o‘tkazilishini xohlamasliklarini ma’lum qilgan bo‘lardi. Chunki Fransiya terrorizmni qo‘llab-quvvatlaydi va urushni ilgari suradi”, — dedi Suriya prezidenti.
Izoh (0)