AQSh va Turkiyada mavjud dalillar Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti Turkiya raketasi tomonidan urib tushirilishidan avval Turkiya havo hududini buzib o‘tganligini ko‘rsatadi. Bu haqda 30-noyabr, dushanba kuni AQSh Davlat departamenti vakili Elizabet Tryudo ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Uning ta’kidlashicha, Amerika va Turkiya manbalari tomonidan taqdim etilgan dalillar Rossiya samolyoti turk harbiylari tomonidan bir necha marta ogohlantirilganligiga qaramasdan, Turkiya havo hududini buzganligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga Tryudo Su-24 urib tushirilganda qayerda bo‘lganligini aniqlashtirishdan bosh tortdi.
Davlat departamenti vakili AQSh Turkiyaning o‘z havo hududini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilsa-da, Anqara va Moskva keskinlikni yumshatish yuzasidan ikkala tomondan choralar qabul qilishi lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)