Yaponiya sog‘liqni saqlash vazirligi robotlashtirilgan liboslarning erkin savdosiga ruxsat berdi. Ushbu libos harakati cheklangan insonlar uchun mo‘ljallangan. Bu haqda “TASS” ma’lumotiga asoslanib, “Mail.ru” xabar bermoqda.
Birinchi litsenziyani HAL (Hybrid Assistive Limb — gibridli harakat yordamchi) robotlashtirilgan libosini yaratgan Cyberdyne kompaniyasi qo‘lga kiritdi. Qurilma semizlikdan, yon amiotrofik sklerozidan, mushak distrofiyasidan va orqa miya atrofiyasidan aziyat chekuvchi bemorlar uchun ishlab chiqilgan.
HAL – asab tizimidan signallar oluvchi maxsus sensor bilan ta’minlangan robotlashtirilgan libosdir. U o‘zgalar yordamiga muhtoj kishilarning qo‘l-oyoqlari harakatini amalga oshirishga ko‘maklashadi. Shuningdek, uning yordamida og‘ir yuklarni ko‘tarish, uzoq sayohat qilish va boshqa harakatlarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.
Izoh (0)