JARda yo‘lovchi tashish transporti va yuk mashinasining to‘qnashib ketishi natijasida 19 kishi halok bo‘ldi, to‘rt nafar kishi esa og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Bu haqda mamlakat tez yordam xizmati ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda Xauten viloyatining Veriniging shahrida yo‘lovchi tashish transportini boshqarib ketayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. To‘qnashuv natijasida u bir necha bor aylanib ketgan va yongan. Yo‘lovchilarni transportning derazasidan chiqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Yuk mashinasi haydovchisi esa tirik qolgan va kasalxonaga yotqizilgan.
JARda yo‘lovchi tashish transportlari haydovchilari juda tartibsiz harakatlanadi. Ularning aksariyati hech qanday litsenziyasiz ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)