Qrim rahbari Sergey Aksenov ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lmagan tovarlar ishlab chiqaruvchi va ijtimoiy muhim xizmatlar ko‘rsatmaydigan korxona, tashkilot va muassasa rahbarlariga xodimlarga 6-dekabrgacha ish haqi saqlangan ta’til berish tavsiya qilingan farmoyishni imzoladi. Bu haqda “Gazeta.ru” hukumat rasmiy sayti ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, rahbarlarga ta’tilda bekor sarflangan vaqt uchun Rossiya mehnat qonunchiligiga muvofiq tarif stavkaning uchdan ikki qismidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qrimda elektr energiyasi tanqisligi tufayli favqulodda holat e’lon qilingan, 23-noyabr kuni esa dam olish kuni deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)