Xitoyda 28-noyabr, shanba kuni mamlakat hududidagi o‘z vakillari orasida eng keksasi hisoblanuvchi Basi laqabli pandaning 35 yillik yubileyi nishonlandi. Odam yoshi o‘lchovi bilan hisoblaganda, Basi 100 yoshga yaqinlashgan, deb xabar beradi “Sinxua” agentligi.
Bu hayvon Xitoyda nafaqat o‘zining yoshi bilan mashhur: Basi 1990-yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarining timsoli bo‘lgan. Zoologlarning agentlikka so‘zlab berishicha, pandaning uzoq umr ko‘rishiga uchta sabab o‘z ta’sirini ko‘rsatgan: qo‘lga o‘rgatilganligi, ilmiy ishlab chiqilgan ratsion va professional tibbiy parvarish.
Qo‘lga o‘rgatilganligi tufayli ayiq odamlarga ishona boshlagan va sog‘lig‘idagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash uchun ularni o‘ziga yaqinlashishiga qarshilik ko‘rsatmagan. Jumladan, amalga oshirilgan operatsiya tufayli uning ko‘rish qobiliyati qisman tiklangan. Pandaning tishlari ham sog‘lom ekanligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)