AQSh prezidenti Barak Obama Kolorado-Springsning Oilani rejalashtirish markazidagi hujumni qoraladi hamda Amerika hukumati va nihoyat mamlakatda qurol-yarog‘ muomalasini cheklash uchun chora ko‘rishi lozimligini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Bu normal holat emas va biz buning odatiy holga aylanishiga ruxsat bera olmaymiz”, — deb ta’kidladi davlat rahbari 27-noyabr, juma kuni Robert Lyuis Diar tomonidan tibbiy muassasada amalga oshirilgan otishma yuzasidan fikr bildirib. Otishma oqibatida uch kishi, jumladan politsiyachi va ikki fuqaro halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.
“Jinoyatchining kishilarga qarata o‘t ochishiga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma’lum. Lekin u xizmat vazifasini bajarayotgan politsiyachi va yana ikki fuqaroni o‘ldirganligi ma’lum”, — dedi prezident.
Davlat rahbati o‘qotar qurollarni qo‘lga kiritish imkonini cheklash uchun nimadir qilish lozimligini ta’kidladi.
Izoh (0)