Tinch okeanida, Xokkaydo shimoliy orolidagi Nemuro yarimoroli hududida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” mamlakat meteorologiya boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Yer silkinishi o‘chog‘i 80 kilometr chuqurlikda, epimarkazi esa Tinch okeanida joylashgan. Yetti ballik yapon shkalasi bo‘yicha yer silkinishining maksimal kuchi Xokkaydo sharqida 4 ballni tashkil etdi.
Zilzila Ivate va Aomori prefekturalarida qayd etildi.
Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar kelib tushmadi. Sunami xavfi yo‘q.
Izoh (0)