Pichoq bilan qurollangan bir guruh noma’lum shaxslar 27-noyabr, juma kuni Turkiyaning Botmon qishlog‘idagi Anadolu litseyiga hujum qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Turkiyaning “Haber 7” telekanali ta’kidlashicha, hujum natijasida kamida 10 nafar talaba jarohatlangan. Barcha hujumchilar qochishga muvaffaq bo‘lib, jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan. Jinoyat sodir etilgan joyda politsiya ishlamoqda.
Izoh (0)