Shimoliy Koreyada telekommunikatsiyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi asosiy ikki provayderdan biri Koryolink o‘z abonentlari kodini KXDR asoschisi tug‘ilgan yilga mos keluvchi raqamlarga o‘zgartirdi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Daily NK nashrining ma’lum qilishicha, operatorlar raqamlarining birinchi uchta raqami 191 bo‘lgan. Biroq KXDRni unga asos solingan paytdan boshlab 1994-yilgacha boshqargan Kim Ir Sen sharafiga olib borilgan targ‘ibot kampaniyasi doirasida kompaniyaga birinchi raqamlarni rahbarning tug‘ilgan yiliga mos keluvchi raqamlarga almashtirish majburiyati yuklatildi. Avvalgi raqamlar 1912 raqamlariga almashtirilishi lozim.
Koreyaning Koryolink kompaniyasi Misrning Orascom firmasi bilan birgalikda faoliyat yuritib, mamlakatning janubiy hududlariga, jumladan Pxenyanga ham xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)