Fransiya hukumati xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilganligi munosabati bilan mamlakatga ming kishiga kirishni taqiqlagan. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Bernard Kaznev bergan ma’lumotlarga asoslanib “TASS” xabar beradi.
“Parijda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlaridan va Fransiyada favqulodda vaziyat joriy qilinganidan keyin mingga yaqin kishiga, ular milliy xavfsizlikka bilvosita tahdid solganliklari tufayli — davlatga kirib kelishiga ruxsat berilmagan”, ― deya ta’kidladi vazir.
Yangi terroristik hujumlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik choralari kuchaytirilishidan tashqari, Le Burje shahrida 2015-yil 30-noyabrda ochilishi kutilayotgan BMT iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konvensiya doirasi taraflarining 21-konferensiyasini bevosita qo‘riqlash uchun 10 mingga yaqin huquq-tartibot idoralari vakili jalb etilgan.
Izoh (0)