Qatar poytaxti Dohada joylashgan “Hamad” xalqaro aeroportining tomi kuchli yog‘ingarchiliklarga dosh bera olmadi. Noqulay ob-havo tufayli konstruksiyada jiddiy nuqsonlar yuzaga keldi, deb xabar beradi “TASS”.
“Hamad” aeroporti mamlakatda futbol bo‘yicha 2022-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish bilan bog‘liq Qatar infratuzilmasining muhim elementi hisoblanadi. Aeroport 2014-yilning 30-aprelida foydalanishga topshirilgan edi. Loyihaga 15 milliard dollar mablag‘ sarflangan.
Dohada yoqqan kuchli yog‘ingarchilik natijasida aeroport tomining bir nechta joyidan chakka o‘tdi.
Qatar bosh vaziri Shayx Abdulloh bin Nosir bin Xalifa Ol Soniy qurilishda ishtirok etgan beshta kompaniyaga nisbatan tekshirish o‘tkazish haqida topshiriq berdi.
Oldinroq Qatar poytaxtida bir kunda yog‘ingarchilikning yillik normasi yog‘ib, suv toshqinlari kuzatilgani xabar qilingandi.
Izoh (0)