Amerikaning Tennessi shtatida yashovchi Odri Martin Rokki Top shahridagi Covenant Life Church mahalliy diniy cherkovidan 1,4 ming dollar choychaqa oldi. Bu haqda UPI xabar beradi.
Uch nafar farzandini yolg‘iz tarbiya qilayotgan ayol to‘rt oydan beri Domino kompaniyasida pitssa tarqatuvchi bo‘lib ishlayotgan edi. 22-noyabr, yakshanba kuni u cherkovga o‘nta pitssa yetkazdi. Shunda cherkov ruhoniysi Toni Makafi unga sahnaga chiqishni taklif qildi. Diniy xizmatchi dindorlardan Martinga “yaxshi choychaqalar” bilan minnatdorlik bildirishini so‘radi. Shundan so‘ng, cherkovda to‘plangan barcha odamlar sahnaga kelib, unga pul bera boshladi.
“Mana 1,4 ming dollar. Biz faqat sizni qadrlashimizni bilishingizni istaymiz”, — dedi Makafi ayolga murojaat qilib.
Pullarni olgan Martin yig‘lab yubordi. Keyinroq ayol bu mablag‘ unga kerak bo‘lib turganligini ma’lum qildi. Sababi u yaqinda kvartirasidan ayrilib, Rojdestvoni bolalari bilan qayerda o‘tkazishni bilmay turgan edi.
Izoh (0)