Qrimda elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgan iste’molchilar soni 25-noyabr kun yarmiga kelib ertalabki ko‘rsatkichga qaraganda, uchdan birga ortdi. Bu haqda “Korrespondent.net” Rossiya Federatsiyasi Energetika vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Shu tariqa, 1,269 million elektr energiyasi foydalanuvchisi chiroqsiz qolgan bo‘lib, ulardan 270 ming nafari Sevastopolda yashaydi.
Vazirlik tarmoqdan uzilgan iste’molchilar sonining o‘sganligi sabablariga aniqlik kiritmadi.
Hozirgi paytda yarimorol mobil gaz-trubinali va dizel qurilmalar yordamida qisman energiya bilan ta’minlanmoqda. Vazirlikning ta’kidlashicha, 24-noyabr kuni Simferopol aeroportiga 6,5 kVt quvvatga ega 300 dizel-generator qurilma yetkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, elektr energiyasi tanqisligi tufayli Qrimda 23-noyabr, dushanba dam olish kuni deb e’lon qilingan edi.
Izoh (0)