Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on urib tushirilgan Su-24 tufayli Moskva va Anqara qo‘shma loyihalarining to‘xtatilishi mumkinligi “hissiyotga beriluvchanlik” va “siyosatchilarga nomunosib” ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar beradi.
Davlat rahbari Rossiya hukumatining ushbu munosabati bombardimonchi samolyotga qilingan hujum bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq emasligidan afsusda ekanligini aytib o‘tdi.
Turkiya prezidenti, shuningdek, IShID bilan neft savdosi olib borganlik haqidagi ayblovga ham javob qaytardi. Uning so‘zlariga qaraganda, Anqara neftni faqat mashhur yetkazib beruvchilar – Rossiya, Eron, Iroq, Qatar va Jazoirdan oladi.
Erdo‘g‘on Turkiya neftni IShIDdan olishini ta’kidlaganlar buni isbotlashi lozimligini aytdi.
Voqea: Turkiya urib tushirgan Su-24
Izoh (0)