Braziliyalik milliarder, Lotin Amerikasining yirik xususiy investitsiyaviy banki BTG Pactual’ning rahbari Andre Esteves 25-noyabr, chorshanba kuni Petrobras SA davlat neft korporatsiyasi atrofida yuzaga kelgan korrupsiyaviy mojaro yuzasidan gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Milliarderning hibsga olinishi yirik qurilish va neft servisi kompaniyalari shartnomani qo‘lga kiritish uchun neft korporatsiyasi rahbariyatiga pora berganligi taxmin qilinayotgan korrupsiyaviy tizim tergovi doirasida eng shov-shuvli qo‘lga olish bo‘ldi.
Tergov jarayoni davomida 100 dan ortiq odam, jumladan, Braziliya hukumati a’zolarining ba’zilari ham hibsga olindi.
Estevesning boyligi 2,2 milliard dollarga baholanib, u mamlakatdagi eng boy 20 kishidan biri hisoblanadi.
Izoh (0)