2013-yildagi avtohalokatda qurbon bo‘lgan amerikalik aktyor Pol Uokerning otasi avtomobil ishlab chiqaruvchi Porsche kompaniyasini sudga berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Aktyorning otasi 25-noyabr, chorshanba kuni Los-Anjeles shahri sudiga da’vo kiritgan. Da’vo arizasida aktyor halokatga uchragan 2005-yilda chiqarilgan Porsche Carrera GT avtomobili Uokerning hayotini saqlab qolish uchun yetarli darajada himoya vositalari bilan ta’minlanmaganligi ta’kidlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq aktyor Pol Uokerning yagona qizi Porsche avtomobil kompaniyasini sudga bergan edi. Biroq kompaniya aktyorning halokati uchun mas’uliyatni zimmasiga olishdan bosh tortgan edi.
Izoh (0)