Tunisda 13 kishining qurbon bo‘lishiga olib kelgan prezident gvardiyasiga qarshi terakt xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. Bu haqda “Interfaks” mamlakat prezidenti xavfsizlik xizmati xodimi Xichem Garbi ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchining yelkasida ryukzak bo‘lgan. Uning ustida palto, qulog‘ida esa naushniklar bo‘lgan. U avtobusga chiqishi bilan o‘zini harbiy portlovchi modda yordamida portlatib yuborgan”, — dedi Xichem Garbi.
Eslatib o‘tamiz, 24-noyabrda Tunisda sodir etilgan terakt qurbonlari soni 13 nafarga yetdi. Mamlakatda 30 kun muddatga favqulodda holat joriy etildi.
Izoh (0)