Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov uning turkiyalik hamkasbi Mavlud Chavusho‘g‘li qo‘ng‘iroq qilib, Su-24 ning halokati yuzasidan hamdardlik bildirganligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Men hozirgina kecha tayinlangan Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan telefon suhbatini yakunladim. Albatta biz kecha turklar tomonidan bunga qandaydir tushuntirish berilishini va bu yuqoriroq darajada bo‘lishini kutgan edik. Hechdan ko‘ra kech yaxshi”, — dedi Lavrov.
“Turkiya TIV rahbari so‘zini rossiyalik harbiy xizmatchilarning o‘limi yuzasidan chuqur hamdardlik bildirish bilan boshladi. Shu bilan bir paytda u samolyot Turkiya havo hududiga o‘tganligini aytib, Turkiya Harbiy-havo kuchlari harakatini oqlashga urindi”, — deydi Sergey Lavrov.
Izoh (0)