Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov Su-24 ga qilingan hujumni rejalashtirilgan provokatsiya deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Bizda bu hujumning qasddan qilinmaganligi yuzasidan jiddiy shubha mavjud. Bu rejalashtirilgan provokatsiyaga juda o‘xshaydi”, — dedi Lavrov.
Lavrov Rossiya Su-24 ga qilingan hujum ushbu hududda parvoz etilmaydigan zona yaratish haqidagi g‘oyani kiritishda foydalanilmasligiga umid qilayotganligini ta’kidladi.
Izoh (0)