Koreya Respublikasida Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS) koronavirusi bilan kasallangan oxirgi bemor vafot etdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
35 yoshli erkak Janubiy Koreyada yuqumli virus tarqalishi avj olgan paytda, 8-iyun kuni shifoxonaga yotqizilgan edi. Koronavirusdan tashqari u qon tizimidagi og‘ir kasallikdan ham aziyat chekkan. “Bemor ahvolining keskin yomonlashuvi oqibatida uning o‘limi yuzaga keldi”, — deb ta’kidlaydi vazirlik.
Endi mamlakatda koronavirus bilan kasallangan birorta ham bemor qolmadi. Ushbu virus bilan kasallanishning birinchi holati joriy yilning 20-may kuni qayd etilgan edi.
Izoh (0)