Bu velosiped sayrga chiqqanda politsiyaning yo‘l harakatini to‘xtatishiga va to‘xtatib qo‘yilgan avtomobillardan yo‘lni ozod qilishiga to‘g‘ri keladi. Chunki bu velosipedning uzunligi 35,79 metrni tashkil etadi, deb xabar beradi National Geographic.
Ginnesning Rekordlar kitobiga muvofiq, ushbu velosiped uzunligi 30,4 metrni tashkil etuvchi eng uzun limuzin avtomobilidan ham uzunroqdir.
Velosiped Mijl Van Mares Werkploeg nomli niderlandiyalik velosipedchilar guruhi tomonidan yaratilgan. Uni yaratishda konsert zallarini yoritish uskunalarini o‘rnatish uchun mo‘ljallangan alyumin konstruksiyadan foydalanilgan.
Ginnesning Rekordlar kitobiga kirishi uchun u ikki talabga javob berishi lozim edi: faqat ikkita g‘ildirakka ega bo‘lishi hamda harakatlanish imkoniyatining mavjudligi. Transport vositasi juda uzun bo‘lganligidan, uni ikki kishi boshqarishiga to‘g‘ri keladi. Ulardan biri odatiy rulni boshqarsa, ikkinchisi orqadagi pedalni aylantiradi.
Velosipedga motosiklning g‘ildiraklari o‘rnatilgan.
https://www.youtube.com/watch?v=k-NpZQIQ6pE
Izoh (0)