Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Injil, Qur’on, Tanax va Ganjur matnlarini ekstremistik material deb tan olishni taqiqlash to‘g‘risidagi federal qonunni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy ma’lumotlar rasmiy portaliga joylashtirilgan, deb xabar beradi “TASS”.
Qonun loyihasi 14-oktabr kuni Davlat dumasida ko‘rib chiqish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan kiritilgan edi.
Avvalroq Rossiyaning Janubiy Saxalin sudi sudyasi Natalya Perchenko prokuror Bilobrovesning da’vosiga asosan, “Xudoga ibodat qilish: uning Islomdagi ahamiyati” nomli kitobni “ekstremistik material” deb tan olgandi. Bunga kitobda Qur’onning “Al-Fotiha”, “Al-Jin” kabi suralaridan keltirilgan iqtiboslar sabab bo‘lgan.
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “Bu qarorni chiqarganlar (sudya Natalya Perchenko va prokuror Tatyana Bilobroves) — milliy sotqinlar va shaytonlardir!” — degan edi.
Izoh (0)