Britaniya hukumati to‘rtta yangi atom suvosti kemasining qurilishi uchun 31 milliard funt (47 milliard dollar) mablag‘ni maqsadli ravishda yo‘naltiradi. Bu esa qirollikning yadro qalqoniga ega bo‘lishini ta’minlaydi, deb xabar beradi “TASS”.
Bu haqda Mudofaa vazirligining mudofaa va xavfsizlik sohasida taqdim etilgan strategik ma’lumotlarida so‘z yuritiladi.
Avvalroq Buyuk Britaniya moliya vaziri Jorj Osborn amaldagi hukumat rahbari Devid Kemeronga mamlakat yadro qalqonini modernizatsiya qilish jarayoni ustidan nazoratni unga topshirish yuzasidan ultimatum qo‘ygan edi.
Izoh (0)