Rossiya aviatsiyasi 22-noyabr, yakshanba kuni 141 harbiy parvoz uyushtirib, Suriyadagi terrorchilarning 472 obyektiga aviazarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi vakili Igor Konashenkov ma’lumotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
Aviazarbalar mamlakatning Aleppo, Damashq, Idlib, Latakiya, Xama, Xoms, Rakka va Deyr az Zor viloyatlaridagi jangarilar marrasiga berilgan. Harbiy vakilning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya aviajamoasi Suriyaning boshqa nuqtalaridagi jangarilar marrasi haqida yetarli razvedka ma’lumotlarini ham qo‘lga kiritgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta, 18-noyabr kuni Rossiya samolyotlari IShID terrorchilariga mansub bo‘lgan neft ortilgan avtosisternasini nishonga aylantirgan edi.
Izoh (0)