Parijdagi Shimoliy vokzal (Gare du Nord) elektr kabeliga urilib ketgan kabutar tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda 22-noyabr, yakshanba kuni Business Times xabar berdi.
Qushning elektr simlariga to‘qnashib ketishi natijasida yuzaga kelgan baland tovush va chaqnash portlash yoki otishma sifatida qabul qilindi. Hodisa joyini politsiya xodimlari ko‘zdan kechirdi.
The Independent nashrining ta’kidlashicha, ushbu hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, kishilar o‘rtasidagi vahimaga sabab bo‘lgan. Hozirgi paytda vaziyat normallashgan, vokzal odatiy rejimda ishlamoqda.
Izoh (0)