Rossiya “Gazprom neft” operatori O‘zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi. Bu haqda “Gazeta.ru” kompaniya hisobotiga tayanib xabar beradi.
“MDH davlatlariga neft eksporti savdo hajmining 68,6 foizga ortishi O‘zbekistonga neft sotishning boshlanishi va Mozir neftni qayta ishlash zavodidagi savdoning o‘sishi bilan ta’minlanadi”, — deyiladi xabarda.
Joriy yilning boshidan buyon MDH davlatlariga neft yetkazib berish 0,86 milliondan 1,4 million tonnaga oshganligi ta’kidlandi.
Izoh (0)