Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Qirg‘izistonning O‘sh shahri aeroportiga avariya holatida qo‘ngan Boeing 737 samolyotining qanoti singan va shassisi ishdan chiqqan. Bu haqda, aeroportdagi manbaga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Krasnoyarskdan uchib kelgan Boeing 737’ning qanoti singan va shassisi ishdan chiqqan. Samolyot bortida 159 kishi bo‘lgan”, — deyiladi manbada.

Avvalroq Qirg‘izistonning Avia Traffic Company aviakompaniyasiga tegishli samolyot quyuq tuman sabab ko‘rish yomonligi uchun O‘sh aeroportiga avariya holatida qo‘ngani ma’lum bo‘lgandi.

Samolyot “uchish-qo‘nish yo‘lagi yoniga qo‘ngan”, yo‘lovchilarni havo bilan shishirilgan traplar yordamida samolyotdan evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati rahbari Nazir Ahmedovning ma’lum qilishicha, hukumat O‘sh aeroportidagi hodisa yuzasidan shoshilinch majlis o‘tkazmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Toshkentda Xalqaro axborotdan erkin foydalanish kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Mahalliy
Qashqadaryoda 38 yoshli ayol va 19 yoshli qiz o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi. MFY raislaridan biri bu axborotni yashirib, “mahallaning siri” demoq...
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazmoqda