Belgiyada Parijdagi teraktlarga aloqador Marokash fuqarosi 39 yoshli Laziz Abramiy hibsga olindi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qo‘lga olish chog‘ida uning avtomobilidan to‘pponcha va qon izlari topilgan. Gumonlanuvchi 25-noyabr, chorshanba kuni sud oldida hozir bo‘ladi.
Abramiyning uyida tintuv o‘tkazgan politsiya xodimlari bir nechta qurol topdi.
Kecha, 21-noyabr kuni Belgiya prokuraturasi uchinchi gumondorga nisbatan terrorizm bo‘yicha ayblov e’lon qildi. Yana ikki qo‘lga olinganga nisbatan 16-noyabr, dushanba kuni ayblov e’lon qilingan edi.
Izoh (0)