Argentinada bugun, 22-noyabr kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Respublika fuqarolari prezident Kristina Fernandes de Kirshner va uning turmush o‘rtog‘i Nestor Kirshnerning 12 yillik boshqaruvidan so‘ng mamlakat boshqaruvi qaysi yo‘nalish bo‘yicha davom etishini tanlashi lozim.
Davlat rahbari lavozimiga “G‘alaba uchun front” harakatidan Daniel Ssioli va “Respublika taklifi” partiyasidan Maurisio Makri nomzodlik qilmoqda. Fernandes de Kirshner o‘z nomzodini uchinchi marta ilgari sura olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Argentinada 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarning birinchi bosqichida nomzodlar yetarli ovoz to‘play olmagan edi.
Izoh (0)