Belgiya politsiyasi mamlakat poytaxtida yashirincha faoliyat olib boruvchi portlovchi qurilmalar tayyorlaydigan kimyo laboratoriyasi va qurol-yaroq hamda o‘q-dorilar omborxonasini yo‘q qildi. Bu haqda RTBF agentligi ma’lumoti asosida, “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, maxsus operatsiya Molenbek kommunasida o‘tkazilgan. Voqea joyidan portlatish uchun tayyor holatdaki portlovchi qurilma topilgan.
O‘tgan kechada Belgiya hukumati hech qanday izohsiz mamlakat poytaxtida aksilterror harakatining to‘rtinchi darajadagi xavfsizligini e’lon qildi. Shu bois Bryusselda metro yopib qo‘yildi, ikki futbol va basketbol uchrashuvlari, shuningdek, fransuz rok yulduzi Jonni Xollideyaning konsert dasturini bekor qildi.
O‘tgan xafta mobaynida Bryusselda olib borilgan 30 ta antiterror reydlari natijasida 22 nafar shaxs qo‘lga olingan. Olib borilgan so‘rovlar natijasida ular orasidan besh nafari hibsga olingan, qolganlari esa ozod etilgan.
Izoh (0)