Anqara xavfsizlik boshqarmasi 100 kilogrammga yaqin nitrometanni musodara qildi. Bu haqda CNN Turk telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Politsiyadagi ma’lumotlarga ko‘ra, portlovchi moddalar Kurdiston ishchi partiyasi ekstremistlariga tegishli. Nitrometan Anqaradan 80 km uzoqlikdagi Polatli uyezdi hududida ballonga joylanib, ko‘mib qo‘yilgan edi. Politsiya Kurdiston ishchi partiyasi a’zolaridan birini kuzatish orqali portlovchi moddalarni topdi. Ekstremist hozirgi vaqtda qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni Anqara markazidagi vokzal binosi yaqinida Turkiya tarixidagi eng yirik terakt yuz bergan. O‘sha hodisada 120 dan ortiq kishi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)