Filippin politsiyasi bugun, 19-noyabr kuni Maniladagi namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun vodomyotlarni qo‘lladi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Namoyish ishtirokchilari Osiyo—Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitining o‘tkazilishiga nisbatan noroziligini bildirayotgan edi.
Reuters’ning ma’lum qilishicha, namoyishchilar sammitning tonggi sessiyasiga dunyo rahbarlari yetib kelayotgan binodan bir kilometrcha masofada bo‘lgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmadi.
18-noyabr, chorshanba kuni Manilada 200 dan ortiq kishi Osiyo—Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitining o‘tkazilishiga qarshi norozilik namoyishida ishtirok etgan.
Izoh (0)