1936-yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan xitoylik yengil atletikachi Go Sze 103 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Jahon yengil atletika federatsiyasi (IAAF) ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Go Sze 1912-yilning yanvar oyida tug‘ilgan. U dunyoning eng keksa olimpiadachisi hisoblanar edi. Berlin o‘yinlarida disk uloqtirish bo‘yicha milliy rekord o‘rnatgandi (41,07 m). Go Sze Pekin-2018 o‘yinlarida Olimpiada mash’alasi estafetasida ishtirok etgan.
Izoh (0)