Fransiya poytaxti Parij shahrida 13-noyabr kuni bo‘lgan turkum teraktlarda halok bo‘lganlarning 103 nafarining shaxsi aniqlandi. Bu haqda Fransiya bosh vaziri Manuel Vals ma’lumotiga asoslanib, “RBK” xabar bermoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, teraktni sakkiz jangari amalga oshirgan va ularning bari yo‘q qilingan.
Fransiya prokuraturasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Parij terakti natijasida halok bo‘lganlar soni 129 nafar, jarohatlangan kishilar soni esa 352 nafarni tashkil etmoqda.
Izoh (0)