Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlari Parijning Bataclan konsert zalida otishma uyushtirgan hudkushning otasi va akasini qo‘lga oldi. Bu haqda AFP agentligi ma’lumotiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Har ikki mahbus vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar qo‘riqchilar nazorati ostida saqlanmoqda. Ularning uyida politsiya xodimlari tintuv olib borgan.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hibsga olinganlar Parijda terakt uyushtirishda qatnashgan va shaxsi aniqlangan terrorchi-hudkushning yaqinlaridir. Parij prokurorining so‘zlariga ko‘ra, terrorchi 1985-yilda Esson departamentining Kurkuronn shahrida tug‘ilgan va bir necha marta sudlangan shaxs bo‘lgan.
Izoh (0)