Fransiyadagi terrorchilik hujumi qurbonlari xotirasiga umummilliy sukut saqlash daqiqasi 16-noyabr kuni tush payti bo‘lib o‘tadi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
Qurbonlar uchun bugun ham butun dunyo bo‘ylab qayg‘urishmoqda.
Terakt natijasida odamlar halok bo‘lgan konsert zali hududini ham sukunat qamrab olgan. U yerni politsiya o‘rab olgan, doimiy mashinalar qatnovi to‘xtagan, jurnalistlarga ham to‘siqdan o‘tishga ruxsat berilmayapti.
Yevroparlament binosi yonidagi Fransiya va Yevropa bayroqlari tushirilgan. Fransiyaga hamdardlik belgisi sifatida jahon bo‘ylab bir qator obidalar va e’tiborga molik binolar Fransiya bayrog‘i ranglariga burkangan.
Izoh (0)