Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Parijdagi bir qator teraktlar munosabati bilan arab va musulmon davlatlari rahbarlarini terrorizmga qarshi kuchlarni birlashtirishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Hozir Parijdagi hodisalar ortida Iblis davlati turganligiga hech kim shubhalanmaydi”, — deb yozdi Qodirov Instagram’dagi sahifasida.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu xalqaro terrorchilik bo‘lib, u butun dunyo va butun insoniyatga tahdid solmoqda. Dunyodagi barcha davlatlardan bir necha o‘n minglab kishilar IShID jangarilari safida tayyorgarlik o‘tagan.
Qodirov terrorizm ildizi bilan yo‘qotilmasa, dunyo tartibsizliklar ichida qolib, bu kabi qonli hodisalar tugamasligini ta’kidladi.
Izoh (0)