Parijga hujum qilganlar yetti kishi bo‘lgan, ular guruhlarga bo‘linib ish ko‘rgan, konsert zalida odamlarni garovga olganlar dastlab Parijning boshqa tumanlarida otishmalar uyushtirgan. Bu haqda iTele telekanaliga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
- Voqea: Parijdagi teraktlar
Telekanal xabariga ko‘ra, “gap aniq yetti nafar marhum terrorchi haqida bormoqda”. “Uch kishi Stade de France stadionida o‘zini portlatgan, yana uch kishi Bataclan konsert zalida halok bo‘lgan: birini politsiyachilar o‘ldirgan, ikki nafari o‘zini portlatgan. Yana bir terrorchi esa Bataclan yaqinidagi Lenuar xiyobonida o‘zini portlatgan”, — dedi telekanal muxbiri.
Uning ta’kidlashicha, hujumda qatnashganlarning barchasi halok bo‘lgan. Ularning jinoiy sheriklari bo‘lgan-bo‘lmaganini hozircha aytish qiyin. Terrorchilar yosh yigitlar bo‘lgan va fransuz tilida suhbatlashgan.