Fransiya prezidenti Fransua Olland AQSh prezidenti Barak Obama bilan terrorizmga qarshi kurashish choralarini telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
Avvalroq, Obama birinchilardan bo‘lib Parijdagi teraktlarni qoralab, fransuzlarga hamdardlik bildirgan edi.
Shu munosabat bilan Kreml ham hamdardlik bildirdi. “Rossiya ushbu shafqatsiz qotillikni qat’iy qoralaydi va bu terrorchilik jinoyatining surishtiruvi yuzasidan yordam ko‘rsatishga tayyor”, — deb ta’kidladi Dmitriy Peskov.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bo‘lib o‘tgan hodisadan shokka tushganligini va Fransiyaga yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor ekanligini Twitter’da qayd etdi.
Xitoy ham teraktni qat’iy qoralab, fransuz hukumatining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Izoh (0)