Tailand janubidagi qishloqda yuz bergan portlash natijasida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi, to‘rt nafari jabrlandi. Bu haqda “RBK” mahalliy politsiya ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Portlash aholisining asosiy qismini musulmonlar tashkil etuvchi uchta viloyatdan biri – Pattani hududida yuz berdi. Politsiya vakili Tanongsak Vansupxaning ma’lum qilishicha, bomba katta muxtoriyat uchun kurashayotgan mahalliy isyonchilar tomonidan o‘rnatilgan.
Hodisa uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmadi.
Izoh (0)