General Motors Powertrain Uzbekistan zavodi delegatsiyasi 2-sonli Muruvvat bolalar uyi qoshida imkoniyati cheklangan o‘smirlar uchun ochilgan “Cheksiz imkoniyatlar” mehribonlik uyiga One World Play loyihasi doirasida futbol koptoklarini topshirish uchun tashrif buyurdi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati xabar beradi.
Bugungi kunda Mehribonlik uyi 11 nafar o‘smirga ta’lim berish bilan birga bolalarni hayotga to‘g‘ri yo‘naltirishga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga yordam bermoqda. Mehribonlik uyi muassislari, Sindi va Mayk Edsonslar mehmonlarni bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirar ekan, bolalar hayoti va mavjud ta’lim dasturlari haqida gapirib berdi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ijro etgan ajoyib raqs dasturidan keyin General Motors Powertrain Uzbekistan qo‘shma korxonasining bosh direktori Robert Gayst, zavod boshqaruvchisi yordamchisi Jennifer Bigelou va zavod ishchilari bolalarga One World Play koptoklarini taqdim etdi.
Izoh (0)