Qochoqlar oqimining ko‘payishi bilan Finlyandiyada qisqa vaqt ichida musulmonlar soni pravoslavlar sonidan oshib ketdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Hozirgi paytda Finlyandiyada 70 mingga yaqin musulmon istiqomat qilmoqda va ularning soni o‘sishda davom etmoqda. Finlyandiyada pravoslavlar soni 61 ming kishini tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarni “Iyegova guvohlari” (18 ming), Erkin cherkov (15 ming) va Katolik cherkovi (13 ming) egallaydi.
Finlyandiyaga yetib kelayotgan qochoqlarning ko‘pchiligi dunyoviy musulmonlardir.
“Ularning ba’zilari pivo ichadi, lekin hech biri mast bo‘lib qolmagan”, — deydi Youtseno qabul markazi direktori o‘rinbosari Yari Kyaxkyonen.
Izoh (0)