BMTning aloqa tashkiloti fuqarolik samolyotlarini sun’iy yo‘ldosh orqali global kuzatuv tizimini yaratish haqida qaror qabul qildi. Bunda 2014-yilda Malayziya samolyotining yo‘qolib qolishi kabi holatlarning oldini olish maqsadi ko‘zlangan, deb xabar beradi “TASS”.
“Sun’iy yo‘ldosh stansiyalarining havo kemalaridan ADS-B signallarini qabul qilishi uchun chastotalarni taqsimlash samolyotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan real vaqt rejimida kuzatish imkonini beradi”, — deydi Xalqaro elektr aloqalar uyushmasining Radio aloqalar byurosi direktori Fransua Ransi.
“Biz osmonda xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida Xalqaro fuqarolik aviatsiya tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar bilan ishlashda davom etamiz”, — deb ta’kidladi byuro direktori.
Izoh (0)