Rossiyaning Stavropol o‘lkasida qo‘y 86 yoshli erkakni suzib o‘ldirdi. Bu haqda “RIA Novosti” hududiy tergov boshqarmasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“7-noyabr kuni kunduzi Arxangelsk qishlog‘idagi uylardan birida 86 yoshli erkakning jasadi topildi. Uning o‘limiga qo‘shnisining qo‘yi tomonidan boshi va tanasiga yetkazilgan ko‘p sonli jarohatlar sabab bo‘lgan”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Ushbu holat yuzasidan tergovchilar tergovoldi tekshiruv ishlarini o‘tkazmoqda.