Inson hayotini o‘zgartiruvchi ajoyib 10 ta gadjet

Odamlar kelajak haqida xuddi olis va qo‘l yetmas narsa haqida gapirgandek fikr bildiradi, biroq zamonaviy kashfiyotlar tahlil qilinsa, biz hozirning o‘zidayoq kelajakda yashayapmiz, deb ishonch bilan aytish mumkin. Bunga inson hayotini yanada qulaylashtirishga xizmat qiluvchi hamda uni tubdan o‘zgartiruvchi quyidagi qurilma va uskunalar yorqin dalil bo‘ladi oladi, deb yozadi PPCORN.

1. IQ-budilnik

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Yangi kashfiyotlardan biri — IQ-budilnik uyquga qarshi noodatiy yo‘l bilan kurashishni taklif qiladi: soat ko‘rsatgan nisbatan oson masala-misollar yechib tugatilmagunicha, uyg‘otuvchi signal tinimsiz jaranglab turadi. Kim uchundir bu muammoning haddan tashqari ayovsiz yechimidek ko‘rinishi mumkin, lekin samarali ekaniga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi.

2. Scribble Pen ruchkasi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Rassom va dizaynerlarga xush yoqadigan yangilik — Scribble Pen ruchkasining bir uchi real vaqt rejimida istalgan rangni taniy oladigan uzatgich bilan ta’minlangan, markerli ikkinchi uchi esa uzatgich tanlagan rang bilan ishlashni boshlaydi. Xuddi mo‘jizaning o‘zi, shunday emasmi?

3. Bruno axlat chelagi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Tinib-tinchimagan olimlar aqlli… axlat chelakni ishlab chiqdi. Bruno maxsus harakat uzatgichi bilan ta’minlangan bo‘lib, oldiga kimdir yaqinlashsa, qopqog‘ini o‘zi ochib beradi. Bundan tashqari, chelak ostiga mini-changyutgich joylashtirilgan bo‘lib, o‘z yaqinidagi barcha changlarni so‘rib oladi. G‘aroyib!

4. Sprayable Energy quvvatlantiruvchi spreyi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Yangi — Sprayable Energy quvvatlantiruvchi spreyi bir finjon qahvada bo‘ladigan kofein dozasining uchdan birini o‘zida mujassam qilgan bo‘lib, ichimlikdan farqli o‘laroq hidga ham, ta’mga ham ega emas, bardam tutuvchi ta’siri esa qahvadan ko‘ra yumshoq va davomli.

5. Biolite Camp Stove ko‘chma pechi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Sayohat ixlosmandlari uchun haqiqiy topilma hisoblangan Biolite Camp Stove, ko‘rinishi kichkina bo‘lgani bilan, olovdan ajralib chiqqan issiqlikni quvvatga aylantira oladi, bu quvvat nafaqat isinish va ovqat tayyorlash uchun, shu bilan birga mobil qurilmalarni quvvatlantirib olish uchun ham yetarlidir. Pechning ishlashi uchun quruq o‘tin bo‘lsa bas — uni kunning qaysi vaqtida yoki qaysi faslda ishga tushirishni ahamiyati yo‘q.

6. Ko‘p martalik Gigs2Go flesh-xotirasi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Gigs2Go — qayta ishlangan qog‘oz va plastikdan tayyorlangan kichik koprusga mustahkamlangan to‘rtta flesh-xotira to‘plamidir. Ularni korpusdan sindinib olib, xuddi oddiy flesh-xotira kabi fayllarni yozib olish va o‘chirish uchun ishlatsa bo‘ladi. Qulay tomoni, bunday flesh-xotiralar sizning hamyoningizga oson sig‘adi.

7. Food Sniffer hid-aniqlagichi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Ushbu gadjet yordamida ovqatdan zaharlanish xavfini to‘la bartaraf etish mumkin — qurilma xom go‘sht yoki baliq atrofidagi ammiak bug‘lari tarkibini aniqlab, mahsulotni tanovul qilish mumkinmi-yo‘qmi, aniqlay oladi.

8. Aqlli Smart Pillow yostig‘i

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Bu mexanizmni istalgan yostiqqa o‘rnatib, uni “aqlli” qilish mumkin — qurilma uyqu bosqichlarini va boshning joylashuvini o‘rganib, ushbu parametrlar asosida zo‘rg‘a ilg‘ab olsa bo‘ladigan ohang taratadi va uyquni yanada yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, u vibro-budilnik funksiyasi bilan ham ta’minlangan.

9. Cho‘ziluvchan Cover Blubber plyonkasi

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Mazkur cho‘ziluvchan plyonkaning eng asosiy afzalliklaridan biri — undan ko‘p marta foydalanish mumkin. Bundan tashqari, Cover Blubber kesilgan sohaga shu darajada yopishib oladiki, bu mahsulotning yanada uzoqroq muddat saqlanishiga xizmat qiladi.

10. Microsoft HoloLens ko‘zoynaklari

Foto: PPCORN

Foto: PPCORN

Microsoft kompaniyasining eng yangi kashfiyotlaridan biri — golografik HoloLens ko‘zoynaklarini taqib, proyeksiyasi kompyuterdan ko‘rinadigan interfaol ish stolidan foydalanish, shuningdek, 3D’da rasm chizib, modellar tayyorlash, katta ekranda televizor ko‘rish kabi qiziqarli mashg‘ulotlar bilan band bo‘lish mumkin.

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing