Britaniyalik milliarder Angad Pol o‘z joniga qasd qildi. U London markazida sakkizinchi qavat derazasidan o‘zini pastga tashladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, Polning bu harakatiga uning kompaniyasidagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab bo‘lgan. Unga qarashli Caparo Industries bankrotlik tufayli ma’muriy boshqaruvga o‘tkazilgan edi.
Skotland-Yard qotillik yuz berganligi haqidagi taxmin ko‘rib chiqilmayotganligini ma’lum qildi.
Angad Pol, shuningdek, kino san’atining bilimdoni ham edi. U 12 ta filmga, jumladan “Qarta, pullar va ikkita stvol” hamda “Katta o‘lja” filmlariga prodyuserlik qilgan.
Izoh (0)