“Maxachqal’a banditlar guruhi” yetakchisi Abdulxasan Abdulholiqov Maxachqal’aning chekka hududida temiryo‘l xodimlarini o‘qqa tutgandan so‘ng, politsiya xodimlari u yashiringan uyni qurshovga olgan. Bu haqda “RBK” Aksilterrorchilik milliy qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Ma’lum qilinishicha, Abdulholiqov politsiyaga taslim bo‘lishdan bosh tortganidan so‘ng o‘ldirilgan. Aksilterrorchilik milliy qo‘mitasining ta’kidlashicha, otishma yuz bergan hududdan o‘q-dorilarga ega bo‘lgan avtomat va granata topilgan. 2008-yilda Abdulxasan noqonuniy qurolli guruhni tashkil etishda gumonlanib, sudlangan edi. Biroq hakamlar hay’ati tomonidan oqlangan edi.
Izoh (0)