Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lum qilishicha, Syerra-Leoneda Ebola bezgagi oxirgi marta qayd etilganligiga 40 kundan oshgan. Bu esa Ebola virusining ikki inkubatsiya davrini tashkil etadi, deb xabar beradi “Exo Moskvi”.
O‘limga olib keluvchi ushbu virus bilan kasallanish Markaziy Afrikada o‘tgan yilning boshida boshlangan edi.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Syerra-Leone, Liberiya va Gvineyada 28 ming kishi kasallikni yuqtirib olgan, 11 ming kishi halok bo‘lgan.
Izoh (0)