Saudiya Arabistoni dekabr oyida AQSh va Yevropaga eksport qilinuvchi neftning barcha turlari narxlarini pasaytiradi. Osiyolik xaridorlarga esa uning narxi oshiriladi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Saudiya nefti keyingi oydan Shimoli-g‘arbiy yevropalik mijozlar uchun barreliga 1—1,35 dollarga, O‘rtayer dengizi mamlakatlari uchun esa 0,4—0,5 dollarga arzonroq bo‘ladi.
Amerikalik xaridorlar uchun neftning Extra Light markasi barreliga 0,1 dollarga, qolgan turlari uchun barreliga 0,2 dollarga arzonlashadi.
Bir vaqtning o‘zida osiyolik mijozlar uchun Saudiya Arabistoni neftining qiymati barreliga 0,3—1 dollarga oshiriladi. Uning Super Light markasi sezilarli darajada qimmatlashadi, natijada uning qiymati Dubay va Ummon neftining o‘rtacha narxidan 2,1 dollarga baland bo‘ladi.
Izoh (0)